“Meta” kompaniyasining xabar berishicha, ijodkorlar bu yil “Facebook"da $2 mlrddan ko‘proq daromad olishgan. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu vaqt ichida Reels va boshqa qisqa videolar uchun to‘lovlar 80%dan ko‘proqqa oshgan.

“Facebook” 2017-yilda monetizatsiya imkoniyatlarini taklif qila boshlaganidan beri kompaniya 4 mlndan ortiq ijodkorga pul to‘ladi.

Hozirda “Facebook” 3 xil monetizatsiya imkoniyatlarini taklif qiladi: “in-Stream” reklamalari, “Ads on Reels” va bonuslar bilan ishlash.

“Facebook” statistikasi so‘nggi uch yil ichida sheriklik dasturi orqali kontent yaratuvchilarga $70 mlrd to‘lagan “YouTube"ga nisbatan hali ham pasayib bormoqda.

Bu hafta “Facebook” allaqachon kontentidan monetizatsiya qilgan 1 mln ijodkorni “Content Monetization Hub” beta-testiga qo‘shilishga taklif qiladi. Kelgusi yilda ijodkorlar ochiq ro‘yxatga olish tizimi orqali a’zo bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi regulyatori “Meta” kompaniyasini 91 mln yevro jarimaga tortgani haqida yozgandi.

Jarimaga kompaniya ba’zi foydalanuvchilarning parollarini himoyasiz yoki shifrlashsiz saqlaganligi sabab bo‘lgan.