“Samsung” kompaniyasining “Galaxy S25 Ultra” 16 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Bu haqda mashhur “Ice Universe” insayderi xabar berdi.

“S25 Ultra 16 GB RAM versiyasiga ega bo‘ladi, 100% tasdiqlangan, xavotir olmang”, deb yozdi Ice Universe “X” itimoiy tarmog‘ida.

Biroq 16 Gb tezkor xotira “Galaxy S25 Ultra"ning asosiy versiyasida bo‘lishi haqiqat emas — u 12 Gb tezkor xotiraga ega bo‘lishi mumkin.

Undan oldin taqdim etilgan “Galaxy S24 Ultra"ning mutlaqo barcha versiyalarining operativ xotirasi hajmi 12 GBni tashkil qiladi.

“Samsung” taqdim qiladigan “Galaxy S25” liniyasining rasmiy premyerasi 2025-yil yanvar oyi o‘rtalarida kutilmoqda.

Seriyaning flagmani Galaxy uchun SoC Qualcomm Snapdragon 8 Gen 4 ni oladi.

Avvalroq “Android Headlines” nashri “Galaxy S25 Ultra” smartfoni haqida ilk ma’lumotlarni e’lon qilgandi.

“Galaxy S25 Ultra"ning dizayndagi eng katta farqi bu tekis tomonlardir. “Galaxy S24 Ultra” tekis ustki va pastki va biroz yumaloq tomonlarga ega edi.

Endi “Galaxy S25 Ultra” tekis to‘rt tomoniga ega bo‘lib, iPhone dizaynini ko‘chirgan “Pixel 9” dizaynidan nusxa ko‘chiradi.

“Galaxy S25 Ultra"ning old tomonida ultra keng burchakli kamera uchun 50MP ISOCELL JN3 sensori, 200MP H2 asosiy kamerasi va 3x telefoto kamerasi uchun 10MP IMX754 sensoriga ega bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Samsung” yangi smartfonlarini namoyish qilgani haqida yozgandi.

Xususan, kompaniya “Galaxy Buds 3” va “Buds 3 Pro” quloqchinlari, “Galaxy Watch 7” va “Galaxy Watch Ultra” soatlarini taqdim etdi.