Les Ailes faxr bilan mamlakatning o‘sib kelayotgan yosh avlodini ilhomlantirish va rag‘batlantirishga qaratilgan yangi reklama kampaniyasini boshlaganini e’lon qiladi. Loyihaning asosini shaxsiy o‘sish, to‘siqlarni yengib o‘tish va orzularga erishish haqidagi hikoyalar tashkil etadi. Bu hikoyalar o‘zlari uchun munosib namuna ko‘rgan har bir inson o‘zida ilhomlantiruvchi qanot topishi mumkinligini isbotlaydi.

les ailes, reklama

Kampaniyaning har bir videosi noyob hayotiy saboqlarga asoslangan alohida hikoyadan iborat.

Teacher Azam qiziquvchanlik qay tarzda ilm sari yetaklashi haqida so‘zlab bersa, Xayriniso Akbarova kasbga mehr kishining o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatidan boshlanishini eslatib o‘tadi. Bekzod Abduvaliyev yo‘limizdagi to‘siqlar bizni yanada kuchliroq qilishi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashadi, Konsta esa tirishqoqlik bilan qilingan mehnat va o‘zga bo‘lgan ishonch orzularni ro‘yobga chiqarishi borasida hikoya qiladi.

les ailes, reklama

Roliklar vertikal formatda yaratilgan va bu bejiz emas. Mazkur format ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanuvchi yoshlar uchun eng tabiiy va qulay hisoblanadi. Ular bilan hissiy aloqa o‘rnatish va muloqotga kirishish uchun Les Ailes yoshlar bilan ular tilida gaplashishga intiladi. Zotan, kampaniyaning maqsadi yoshlarni ilhomlantiribgina qolmay, balki ularni muvaffaqiyat sari intilishga ham rag‘batlantirishdir.

Les Ailes loyihasi: “Insonlarga qanot” loyihasi nafaqat ruhlantirish, balki yoshlar tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlashdir. Kampaniya doirasida yoshlarning o‘sishi va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan loyihalar bilan hamkorliklar o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

les ailes, reklama

Har bir qahramonning ro‘yirost hikoyalari tomoshabinlar qalbida o‘z aksini topib, ularga o‘z qanotlarini yozishga yordam beradi. Les Ailes’ning Instagram’dagi sahifasida roliklarning to‘liq versiyalarini ko‘rish va bu hikoyalarning butun quvvatini his qilish mumkin.

Instagram: @lesailesuz

Reklama huquqlari asosida.