“Tesla” yana 27 mingdan ortiq “Cybertruck” elektr yo‘ltanlamaslarini chaqirib oladi, deya xabar bermoqda “Reuters” nashri.

Qayd etilishicha, kompaniya orqani ko‘rish kamerasi tasvirlarini ko‘rsatishdagi kechikishlar bartaraf etish uchun avtomobillarini qaytarib oladi.

Mazkur muammo orqa ko‘rinish kamerasidagi tasvirlarni haydovchiga ko‘rinishini kamaytirishi va to‘qnashuv xavfini oshirishi mumkin. Dasturiy ta’minotni yangilash muammoni hal qiladi.

Eng katta qaytarib olish Qo‘shma Shtatlardagi “Cybertruck” mashinalariga ta’sir qiladi.

Avvalroq “Tesla” avtomobillarini gaz pedalidagi, iyun oyida esa kuzov qoplamasi va oyna tozalagich bilan bog‘liq muammolar sabab chaqirib olgan edi.

“Tesla” ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar va batareya ta’minotidagi cheklovlar tufayli ikki yillik kechikishdan so‘ng “Cybertruck"ni yetkazib berishni 2023-yil noyabr oyida boshladi.

Biroq “Tesla” hali “Cybertruck” uchun ishlab chiqarish yoki yetkazib berish hajmlarini oshkor qilmadi.


Avvalroq “Spot” “Tesla” “Cybertruck"ni Yevropada sotmasligini ma’lum qilgani haqida yozgandi.

Bunga pikap ishlab chiqarishdagi standartlar va uni boshqarish uchun litsenziya talablari Yevropaga mos kelmasligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.