Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash uchun $800 mlnlik imtiyozli kreditlar moliyaviy paketi ajratishni tasdiqladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumatning Jahon banki tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;
  • qishloq xo‘jaligi, temir yo‘l va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish;
  • davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish;
  • ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; mamlakatning atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xatarlarga tayyorligini oshirish.

Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan $800 mln miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Ushbu mablag‘lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo‘lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi.

Bu O‘zbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi.


Avvalroq “Spot” Jahon banki O‘zbekistonda ijtimoiy himoyani yaxshilashga $100 mln yo‘naltirdi

Bank mablag‘lari bilan mamlakatda ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va ularning sifati yaxshilanadi.