“YouTube” 15-oktabrdan boshlab “Shorts"ning maksimal davomiyligini bir daqiqadan uch daqiqagacha oshiradi, deya xabar berdi videoxosting matbuot xizmati.
“Ushbu funksiya ijodkorlar tomonidan eng ko‘p so‘ralgan xususiyat bo‘ldi va biz sizga o‘z hikoyangizni aytib berish uchun ko‘proq moslashuvchanlikni berishdan xursandmiz”, deyildi xabarda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, o‘zgarishlar 15-oktabrgacha yuklangan videolarga ta’sir qilmaydi.
Shuningdek, kompaniya kelgusi oylarda “uzoqroq” Shortslar bo‘yicha tavsiyalarni yaxshilashga intilmoqda.
Bundan tashqari, “YouTube” “Shorts” yaratish uchun shablonlarni qo‘shdi — ularni qo‘llash uchun foydalanuvchi yoqtirgan “Remix” videosini bosishi va keyin “ushbu shablondan foydalanish” belgisini tanlashi kerak.
Videoxosting shuningdek, tasmadagi ularning sonini vaqtincha kamaytiradigan “Shortsni kamroq ko‘rsatish” funksiyasini ham qo‘shadi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” “Shorts"da ovozlashtirish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.
Shuningdek, platforma endi videolar uchun avtomatik ravishda subtitrlar yaratadi.