“Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha “Meta” bosh direktori Mark Sukerberg dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Hozir Sukerbergning boyligi $206 mlrdni tashkil etadi, yil boshidan buyon uning boyligi $78 mlrdga oshgan.
Qayd etilishicha, bu “Meta” foydasining o‘sishi va uning aksiyalari narxining oshishi hisobiga sodir bo‘ldi.
Sukerberg uchinchi o‘ringa tushib ketgan “Amazon” asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Bezosning boyligi $205 mlrdga baholangan.
Reytingni $256 mlrd boyligi bilan “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbari Ilon Mask boshqarib turibdi.
Avvalroq “Bloomberg” Mark Sukerbergning boyligi kompaniya aksiyalarining o‘sishi hisobiga ilk bor $200 mlrddan oshgani haqida xabar bergandi.
So‘nggi ikki yil ichida uning sof boyligi “Meta” aksiyalari narxining sezilarli darajada oshishi tufayli deyarli olti barobar oshdi.
Avvalroq “Spot” Mark Sukerberg vertolyot maydoniga ega $300 mlnlik yaxta xarid qilgani haqida yozgandi.
Yaxtaning uzunligi 118 metr va eni 15 metr bo‘lib, u 24 nafar mehmon va 48 nafar ekipaj a’zolarini sig‘dira oladi.