Dollardagi eng daromadli omonatlar. 2024-yil sentabr oyi bo‘yicha

Mavjud 36ta bankdan 26tasida mazkur omonat turini ochish mumkin bo‘lib, maksimal foiz stavkasi 9%ni tashkil qilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda aviakompaniyalar Eron havo hududini aylanib ucha boshladi

2-oktabr kuni Toshkent aeroportida Yaqin Sharq mamlakatlariga parvozlar kechikishi va bekor qilinishi holatlari kuzatildi. Hozirda aviatashuvchilar Eronni chetlab o‘tish uchun muqobil yo‘nalishlarni ishlab chiqmoqda, bu esa parvoz vaqtining ortishiga olib keladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


“Regulyator xatti-harakatlari qonunchilikni buzadi” — Humans asoschisi UPay faoliyati yarim yilga cheklangani haqida

Kompaniya qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha oldindan ko‘rsatma olmaganini va cheklovlar sababini OAV orqali bilib olganini ma’lum qildi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Arsen Dlyanchev bilan katta intervyu — bankrotlik, bozorning oqartirilishi va $5 mlnlik tadbirlar haqida

Unique Present Media Holding va YBC biznes-klubi asoschisi kompaniya qanday qilib har oyda 72tagacha tadbir o‘tkazishi, Qozog‘iston bozoriga chiqish rejalari, davlat tashkilotlari bilan ishlashdagi qiyinchiliklar va nega ba’zan bozorda ikkinchi bo‘lish yaxshiroq ekanligi haqida Spotga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Issiqxonalarga tabiiy gaz uchun oldindan to‘lovning 50%ini to‘lashga ruxsat berildi.
    Biroq, bu oktabr, noyabr va dekabr oylari uchun amal qilib, qolgan qismini oy yakunigacha to‘lash mumkin. Keyingi oylardan esa to‘liq to‘lovni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
  2. Turoperatorlarga xorijliklarni jalb qilish uchun 25 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
    Bunda kredit oluvchi uning xizmatlaridan foydalanuvchi xorijiy sayyohlar sonini va turizm xizmatlaridan olinadigan daromadni 25%ga oshirish majburiyatini oladi.
  3. Ayrim iste’molchilarga elektr to‘lovlari uchun tarif guruhini tanlashga ruxsat beriladi.
    Bu oilaviy korxona, boshqaruvchi tashkiloti hamda hunarmand kabilarga amal qilib, buning uchun ular hisobot oyi boshlangunigacha elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.
  4. Markaziy bank 2ta bankka nisbatan jarima qo‘lladi.
    Taqiqlangan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygani uchun Maroqand to‘lov tashkilotining ayrim operatsiyalari yarim yilga cheklandi.
  5. O‘zbekistonda yil oxirigacha Paypal, Alipay hamda UniPay ishga tushishi mumkin.
    Xususan, mamlakatning Paypal xizmatiga qo‘shilishi 2018-yildan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Biroq, hali aniq yechimga kelinmagan.
  6. O‘zbekiston va Janubiy Koreya parvozlar sonini haftasiga 24taga yetkazadi.
    Har ikki tomon aviakompaniyalari uchun Samarqand hamda Jeju aeroportlarida ochiq osmon rejimidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
  7. Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti ochildi.
    Joriy o‘quv yilida oliygohda xalqaro savdo va dasturiy muhandislik yo‘nalishida bakalavr bosqichi uchun o‘qish tashkil etiladi.
  8. Uzbekistan Airways keksalar uchun 15%gacha chegirma e’lon qildi.
    Turizm oyligi doirasida chegirmali chiptalar 1-noyabrdan 30-noyabrgacha bo‘lgan mahalliy reyslar uchun amal qiladi.
  9. Uzum 2027-yilgacha Nasdaq yoki London fond birjasiga chiqishni rejalashtirmoqda.
    Nikolay Seleznyov B2C segmentida garovsiz kreditlashni rivojlantirishda ulkan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.
  10. Chiqindi xizmatlaridan qarzdorligi bor fuqarolar elektr to‘lovlari cheklanishidan ogohlantirila boshlandi.
    Hududiy elektr tarmoqlari hozirda faqat bildirishnoma jo‘natish bilan cheklanib, elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishda davom etmoqda.