8-oktabrdan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari yo‘lovchi jadvaliga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Hurmatli yo‘lovchilar chiptangizda belgilangan vaqtga qarab vokzalga yetib kelishingizni so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, elektropoyezdlarning harakat jadvaliga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritildi:
Ertalab jo‘nash vaqti:
- 778-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 06:03 — Buxoro 10:14;
- 764-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 06:28 — Qarshi 10:07;
- 774-sonli Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 06:28 — Shahrisabz 11:12.
- 766-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 06:51 — Samarqand 09:21;
- 768-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:27 — Buxoro 11:38;
- 770-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 07:54 — Buxoro 12:11.
Tushdan keyin jo‘nash vaqti:
- 769-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19;
- 767-sonli Buxoro-Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38;
- 763-sonli Qarshi-Тoshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10;
- 765-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12;
- 772-sonli Toshkent-Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01.
Iyul oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektrpoyezdlarining ertalabki jadvaliga o‘zgartirish kiritmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Xususan, mazkur elektrpoyezdlarning ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirish rejalashtirilib, uning doirasida yo‘lovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Bu xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.
15-maydan Toshkentda Qarshi, Buxoro va Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlariga yangi narxlar belgilandi. Ekonom-klass — 20%, biznes-klass — 30% va VIP klass 40%ga oshirildi.
1-iyuldan mahalliy yo‘nalishlardagi temir yo‘l chiptalari narxi o‘zgartirildi. Xususan, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” poyezdlarining chiptalar narxi 25%ga oshirildi.