E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi. Quyidagi jadvalda O‘zbekiston banklarining birlamchi bozordan avtomobil sotib olish uchun beriladigan kreditlari stavkalari ko‘rsatilgan.
Hozirda mavjud 35ta bankdan 20tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin.
Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 22,5%dan 35,5%gacha stavkada taqdim etiladi.
Ikkilamchi bozor uchun kreditlar “Asia Alliance Bank”, “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Ipak yo‘li banki”, “Mikrokerditbank”, “Orient Finance Bank”, “Saderat Bank”, “Turonbank”, “Hamkorbank”, “Ipotekabank” va “Kapitalbank” tomonidan taklif etiladi.
Elektromobillar uchun kreditlar “Ipotekabank” tomonidan beriladi.
Kerakli hujjatlar:
- ariza;
- pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;
- ishlab chiqaruvchining rasmiy dileri bilan tuzilgan avtomashina oldi-sotdi shartnomasi;
- qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning so‘nggi 12 oy davomidagi doimiy ish joyidan olgan oylik daromadlari (soliqlar va majburiy ajratmalar summalari bilan birga).
Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklarning rasmiy saytlaridan va call-markazlaridan olindi.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Boshlang‘ich to‘lov | Muddati |
Asakabank | 28,5%-25,5% | 20%-50% | 3 yilgacha |
29,5%-26,5% | 4 yilgacha | ||
29,5%-27,5% | 30%-50% | 5 yilgacha | |
Aloqabank | 28% | 25% | 5 yilgacha |
Agrobank | 28% | 25% | 4 yil |
29% | 5 yil | ||
Anorbank | 33% | 40% | 5yilgacha |
Asia Alliance Bank* | 26,9% | 25% | 1 yil |
29,9% | 3 yil | ||
30,9% | 5 yil | ||
Biznesni rivojlantirish banki | 23% | 25% | 5 yilgacha |
Davrbank* | 35,50% | 15% | 5 yilgacha |
Hamkorbank* | 25,99% | 30% | 1 yil |
27,99% | 5 yilgacha | ||
InfinBank | 27,99% | 25% | 5 yilgacha |
Ipak yo‘li banki | 31,9% | 50% | 5 yilgacha |
33,9% | 0−24% | ||
25−49% | |||
Ipotekabank | 27,99% | 25% | 5 yilgacha |
Mikrokreditbank | 25%-27% | 40% | 5 yilgacha |
26%-28% | 20%-40% | ||
28%-30% | 30%-50% | ||
Mybank | 27,9% | 20% | 5 yilgacha |
O‘zmilliybank | 25% | 40% | 5 yilgacha |
27% | 30% | ||
Orient Finans Bank | 24,9% | 50% | 5 yilgacha |
25,9% | 40% | ||
26,9% | 30% | ||
27,9% | 20% | ||
Saderat Bank | 22,5% | 50% | 3 yil |
23% | 40% | ||
24% | 40% | 4 yil | |
25% | 30% | 4 yil | |
26% | 20% | 3 yil | |
27% | 4 yil | ||
Trastbank* | 27% | 30% | 5 yil |
26% | 40% | ||
25% | 50% | ||
O‘zsanoatqurilishbank | 25% | 50% | 3 yilgacha |
Xalq banki | 25% | 25% | 5 yil |
24% | 40% | ||
Ziraat Bank Uzbekistan | 25%-29% | 20% | 5 yilgacha |
24,5%-28% | 30% | ||
23%-27% | 40% |
*Ushbu banklar “BYD”, “Kia”, “Lada”, “Chery”, “Hyundai”, “Jetour”, “Skoda” va “Volkswagen” avtomobillari uchun alohida kreditlar taklif qiladi.