“Balenciaga” g‘ijimlangan chips paketi shaklidagi hamyonlarni chiqardi.

O‘zining $1750lik chips paketi shaklidagi sumkalarini taqdim qilgandan keyin brend uning boshqa turini namoyish qildi.

Brendning kreativ direktori Demna Gvasaliya yaqinda o‘zining “Instagram"dagi “Balenciaga Summer 25 Collection new” surat va videolarini joylashtirdi.

Chiqarilgan videoda kartoshka chipslari go‘yo yeb bo‘lgandek yig‘iladi. Agar uni ikki tomondan ushlab turilsa va uni ajratib qo‘yilsa hamyon shakli paydo bo‘ladi.

Qayd etilishicha, yangi hamyon brendning 2025-yil yozgi kolleksiyasidagi aksessuar hisoblanib, narxi ma’lum qilinmagan.

Hamyonning ikki xil varianti, uzun hamyon va yarim hamyon hamda turli xil ta’mga ega kartoshka chipslari kabi sariq, qora va yashil ranglari bor.

Avvalroq “Balenciaga” yopishqoq lenta shaklidagi bilaguzukni taqdim etgandi.

“Gaffer Bangle” deb nomlangan yopishqoq lentali bilaguzuk kundalik buyumlarning moda tushunchalari bilan yonma-yon turishini anglatadi.

Ta’kidlanishicha, yuqori moda va kundalik hayotning bunday uyg‘unligi 3000 yevroga tushadi.

Bilaguzuk moda uyining yangi kuz-qish 2024/2025 kolleksiyasidan aksessuar hisoblanadi.

“Balenciaga” har bir uyda topiladigan kundalik buyumni olib, uni hashamatli moda bayonotiga aylantirdi, deb yozadi “Independent” nashri.

Bu brendning kundalik buyumlarni trendga aylantirishi birinchi marta emas. 2022-yilda “Balenciaga” o‘zining 2022-yil kuz-qish mavsumi uchun dunyodagi eng qimmat chiqindi sumkasini taqdim etdi.

O‘shanda “Balenciaga” chiqindi xaltasi 1400 yevroga ($1790 dollar) sotilishi ma’lum qilingandi.