Markaziy bankning 7-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 775,02 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 3-oktabr kuni belgilangan 12 741,02 so‘m qiymatga nisbatan 34 so‘mga qimmatladi.

26-sentabr kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbak"da sotish kursi 12 835 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 830 so‘mdan 12 760 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 740 so‘mdan 12 715 so‘mgacha yetdi.


2-oktabr kuni yangi rekord darajani qayd etib, 12 757,94 so‘mni tashkil etgandi.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi sentabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.

O‘zbek so‘mi ketma-ket ikkinchi oy biroz arzonlashdi. Sentyabr oyida milliy valyuta 75 so‘mdan ortiq qiymatni yo‘qotdi.

Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.

Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.

Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.