Namangan va Jizzax viloyatida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Chust tumani bo‘limi va ETK xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda aniqlanishicha, fuqaro Sh.S. “Ariqbo‘yi” MFY hududida joylashgan yer maydoniga o‘rnatilgan suv nasosini elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab olgan.
Buning natijasida jami 117 mln so‘mlik elektr energiyasidan o‘g‘irlik yo‘li foydalanilgan.
Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tumani bo‘limi tomonidan ham tergov qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda YATT F.Sh. va boshqalar novvoyxona faoliyatini yo‘lga qo‘yib, jami 106,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Andijonda 612 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Xususan, fuqarolar suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab olgani aniqlandi.