Raqobat qo‘mitasi “Shaffof Sement Sanoat” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazdi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.
Monitoring davomida departamentning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qonunbuzarliklar bilan qurilish materiallari savdosiga e’tibor qaratildi.
2023-yil va joriy yilning yetti oyida korxona birjani chetlab o‘tib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 20,6 ming tonna sement sotgan.
Savdo narxlari birja savdolarida shakllangan kotirovkalardan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi. Asossiz olingan daromadlarning umumiy miqdori qariyb 669 mln so‘mni tashkil etgan.
Yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotish to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ular tovar birjasiga qo‘yilishi kerak. Maxsus komissiya “Shaffof Sement Sanoat” kompaniyasining harakatlarini manipulyatsiya deb tan oldi va “tegishli choralar” ko‘rdi.
Avgust oyi oxirida Raqobat qo‘mitasi Andijondagi Shangfeng sement zavodini 4,9 mlrd so‘m jarimaga tortgandi.
Raqobat qo‘mitasi qo‘shma korxonani demping va raqobatni cheklashda aybdor deb topdi.
Avvalroq “Spot” reklama qonunchiligini buzgani uchun “Hamkorbank” jarimaga tortilgani haqida yozgandi.
Bank mikroqarz bo‘yicha reklamasida uning muhim shartlarini ko‘rsatmagani ma’lum bo‘ldi.