“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” “Keksalar uchun turizm oyligi” munosabati bilan 20% chegirma e’lon qildi.
Chegirmalar joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha barcha mahalliy yo‘nalishlar uchun (“Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdidan tashqari) amal qiladi.
Chegirmalar 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar uchun mazkur sanalarda harakatlanadigan mahalliy yo‘nalishlarga amal qiladi.
Chiptalarni O‘zbekiston temir yo‘l kassalaridan pasport yoki ID-karta taqdim etgan holda xarid qilish mumkin.
Avvalroq “Silk Avia” aviakompaniyasi keksalar uchun 10%gacha chegirma e’lon qilgandi.
Chegirma “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun taqdim etiladi.
Undan joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga foydalanish mumkin. Aviachipta xarid qilishda pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.
Chegirmali aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filiali, mamlakatning barcha xalqaro aeroportlari hamda aviakompaniya agentliklari orqali xarid qilish mumkin.
Bundan avval, turizm oyligi doirasida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi keksa yoshdagilar uchun 15%gacha chegirma e’lon qilgandi.