“Silk Avia” aviakompaniyasi keksalar uchun 10%gacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Chegirma “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun taqdim etiladi.
Undan joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga foydalanish mumkin. Aviachipta xarid qilishda pasport yoki ID-karta bo‘lishi kerak.
Chegirmali aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filiali, mamlakatning barcha xalqaro aeroportlari hamda aviakompaniya agentliklari orqali xarid qilish mumkin.
Bundan avval, turizm oyligi doirasida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi keksa yoshdagilar uchun 15%gacha chegirma e’lon qilgandi.
“Silk Avia” oktabrdan O‘zbekiston bo‘ylab uchta yo‘nalishda parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xususan, 8-oktabrdan Farg‘onadan Samarqandga hamda Qo‘qondan Buxoroga, shuningdek, 11-oktabrdan Qo‘qondan Termizga aviaqatnovlar boshlanadi.