Pavel Durov yaqin kelajakda “Telegram"da qanday yangi funksiyalar paydo bo‘lishi haqida ma’lum qildi.
“Men Telegram jamoasini yaxshi ko‘raman. Kechagina ilovalarimizni yaxshilash borasida 10ta yangi taklifni ilgari surdim. Bizda ularning nusxalari tayyor edi, endi esa mazkur funksiyalar amalga oshirilgan to‘liq funksional tuzilmalar mavjud”, — deb yozdi u.
Bu yangilanishlar qatorida hadyalar uchun 5ta, heshteglar uchun esa 3ta yangilanish bor. Xususan, o‘tgan hafta yangilangan versiyada foydalanuvchilar uchun hadyalar jo‘natish funksiyasi paydo bo‘lgandi.
Shuningdek, messenjer foydalanuvchilari xabar yuborilganidan keyin unga media-fayl qo‘shish hamda xabar qachon tahrirlanganini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Durovning qayd etishicha, barcha yangilanishlar bir kunda messenjerga qo‘shiladi. “„Telegram“ jamoasi ko‘pchilik xabar almashish ilovalari qanday ishlashini shakllantirgani ajablanarli emas va bu muloqotdagi deyarli barcha yangiliklarga hissa qo‘shadi”, dedi u.
Sentabr oyi boshida “Telegram” asoschisi foydalanuvchilarning 0,001%i noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanishini, bu esa platforma imijini tushirishini hamda foydalanuvchilar manfaatlarini xavf ostiga qo‘yishini ta’kidlagandi. Messenjerda “People Nearby” funksiyasi o‘rnida “Businesses Nearby” paydo bo‘ladi. “Telegraph” platformasida yangi media-fayl yuklash to‘xtatildi: