Joriy yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati $166,8 mln bo‘lgan 12 913ta elektromobil import qilingan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Ulardan $10,8 mlnlik 2471 dona elektromobil avgust oyida yetkazib berildi.
O‘zbekistonga elektromobillarning katta qismi Xitoydan yetkazib beriladi. Yanvar oyidan boshlab import hajmi 12 840ta avtomobilni, jumladan avgust oyida 2 363tani tashkil etdi — bu barcha importning 99,4%ini tashkil etadi.
Qozog‘iston ikkinchi o‘rinni egallab, 22ta elektromobil yetkazib berdi. Avgust oyi o‘zbekistonlik yetkazib beruvchilar qo‘shni davlatdan elektromobil import qilgan birinchi oy bo‘ldi.
Uchinchi o‘rinni 15ta mashina bilan Gonkong egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinni 12ta mashina bilan Germaniya egalladi.
Yozning so‘nggi oyida ikki davlatdan bittadan mashina olib kelingan. Shuningdek, yil boshidan buyon mamlakatga BAAdan 10ta, AQShdan 9ta elektromobil olib kirildi.
Iqtisodiyot Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan buyon O‘zbekistonda zaryadlash stansiyalari soni 1,5 barobarga ko‘paygan.
Elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yarmiga yaqini Toshkent shahrida, ikkinchi o‘rinda Toshkent va Namangan viloyatlarida joylashgan.
Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi Xitoydan elektromobillar uchun 45%gacha import bojlarini tasdiqlagani haqida yozgandi.