AQSh Adliya vazirligi “Google"ga nisbatan mumkin bo‘lgan jazolar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant” va “vc.ru” nashrlari xabar berdi.
Matnda kompaniyaning bo‘linishi yoki parchalanishi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri eslatib o‘tilmaydi, biroq “Google"dagi mumkin bo‘lgan tarkibiy o‘zgarishlar haqida so‘z boradi, bu esa internet gigantining bozorni monopollashtirish qobiliyatiga chek qo‘yishi kerak.
Adliya vazirligi o‘z bayonotida “Google bilan sud jarayonida ularga taqdim etilgan da’volarni takrorlaydi va barcha qonunbuzarliklarni bartaraf etishni talab qiladi.
Masalan, har qanday shartnomalarni bekor qilish va Android, “Google Chrome” va “Google Play"ni oldindan o‘rnatish haqida yangilarini tuzishni taqiqlash.
Bundan tashqari, vazirlik “Google"ning internet-qidiruv tizimini targ‘ib qilish uchun yuqoridagi mahsulotlardan foydalanishni to‘xtatishini ta’minlash niyatida.
Shu jumladan korporatsiyadagi tarkibiy o‘zgarishlarni ham — AQSh rasmiylari so‘nggi paytlarda gaplashayotgan “Google"ning bo‘linishi nazarda tutiladi.
Agentlik kompaniyani qidiruv ma’lumotlarini raqobatchilar bilan bo‘lishish va undan neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun foydalanishni cheklashga majbur qilishi mumkin.
“Yana bir variant — “Google"ni foydalanuvchilarga boshqa qidiruv tizimlari haqida aytib berishga majburlash”, deb yozadi “The Verge”.
Avgust oyi o‘rtalarida Adliya vazirligi texnologik gigantni bo‘lish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan edi.
Eng ko‘p muhokama qilingan variantlar orasida Android operatsion tizimi, “AdWords” va “Chrome” sotuvi bor edi.
Biroq “Google"ning o‘zi taklif qilingan bo‘linish haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. O‘sha paytda yangi monopoliyaga qarshi holat qayd etilmagan.
Ushbu qaror “Meta”, “Amazon” va “Apple” kabi boshqa yirik texnologiya kompaniyalari uchun ham namuna bo‘lishi mumkin.
Masalan, Yevropa Komissiyasining yaqinda yuz bergan ishi va qaroridan so‘ng “Apple” uchinchi kompaniyalarga kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish va o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirishga ruxsat berishga majbur bo‘ldi.
“Google"ning ta’kidlashicha, bunday natija bozorga zarar yetkazishi, narxlarning oshishi va innovatsiyalarni sekinlashtirishi mumkin. Kompaniya, shuningdek, “Meta” kabi raqobatchilarga ishora qiladi va reklama beruvchilarning ko‘plab muqobil variantlari borligini aytadi.
AQSh Adliya vazirligi “YouTube” bosh direktorini so‘roq qilishni va kompaniyaning reklama bo‘limining sobiq va amaldagi rahbarlarining ko‘rsatmalarini tinglashni rejalashtirmoqda.
Agar Adliya vazirligi muvaffaqiyatli bo‘lsa, “Google” nafaqat o‘z biznesining bo‘linishi, balki tovon talab qiladigan reklama beruvchilarning sud jarayonlari to‘lqiniga duch kelishi mumkin.
“Bernstein” tahlilchilari “Google"ning umumiy moliyaviy yo‘qotishlari $100 mlrdgacha yetishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Bu so‘nggi ikki oy ichida “Google"ga qarshi qo‘zg‘atilgan ikkinchi monopoliyaga qarshi ishdir. Avgust oyida sud kompaniyaning internet qidiruv bozoridagi monopoliyasini noqonuniy saqlab qolganligi haqida qaror chiqargan. Bu so‘nggi 20 yildagi eng yirik monopoliyaga qarshi qaror edi.
Avvalroq “Spot” AQSh sudi “Google"ga ilovalarni uchinchi tomon do‘konlaridan yuklab olishga ruxsat berishni buyurgani haqida yozgandi.
Shuningdek, kompaniyaga ishlab chiquvchilarni Google Play orqali to‘lovlarni amalga oshirishga majburlash taqiqlanadi.