“IT Park” Koreyaning yetakchi kompaniyasi bo‘lgan “Dain Leaders” mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan bepul texnik o‘quv mashg‘ulotlarini taklif etadi.

“Dain Leaders” o‘zining “CareerPASS” platformasi bilan mashhur bo‘lib, u insonlarga karyera yo‘lida muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Mashg‘ulotda axborot-texnologiyalari sohasida yangi ko‘nikmalarni o‘rganishni xohlaganlar ishtirok etishlari mumkin.

Texnik o‘quv mashg‘ulotlari “IT Park"ning Toshkent filiali 4-noyabrdan 15-noyabrgacha soat 09:00—18:00gacha o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni 24-oktabr soat 12:00gacha havola orqali yuborish kerak.

Ishtirok etish tili har bir kurs tafsilotlariga qaraydi, shuningdek tarjima mavjud.


Avvalroq “Spot” “BetterFuture AI” akseleratsiya dasturining ikkinchi bosqichiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda sun’iy intellekt sohasida loyihalarni amalga oshiruvchi startaplar ishtirok etishlari mumkin.

22-oktabrda boshlanadigan dasturda ishtirok etish uchun oldindan ariza topshirish talab etiladi.