“Microsoft” “Word” dasturiga foydalanuvchilarga imlo va matn sifatini yaxshilashga yordam beradigan yangi “Coaching with Copilot” funksiyasini qo‘shdi.

Funksiya nafaqat grammatika va imlo bo‘yicha oddiy maslahatlar bilan cheklanib qolmaydi, balki maqsadli auditoriyaga qarab matnning ravshanligi, tuzilishi va ohangini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beradi.

Foydalanuvchilar butun hujjat uchun ham, alohida paragraflar uchun ham tavsiyalar olishlari mumkin.

Faqat kerakli fragmentni tanlash, “Copilot” belgisini bosish va “Get Coaching” funksiyasini yoqish kerak.

Kelajakda “Microsoft” hujjatga avtomatik ravishda tavsiya etilgan o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini qo‘shishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha foydalanuvchilar tavsiyalar asosida matnni qo‘lda tahrirlashlari kerak bo‘ladi.

“Coaching with Copilot"dan foydalanish uchun “Copilot” litsenziyasini sotib olish, inglizcha sozlamalar bilan internetda “Word” dasturidan foydalanish kerak. Hozirda funksiya faqat AQShlik foydalanuvchilar uchun mavjud.

“Microsoft” yaqin oylarda boshqa tillar va mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ushbu xususiyatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” “Windows 11"da video va audio yozuvlar uchun sun’iy intellekt qidiruvi funksiyasi paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, aqlli qidiruv funksiyasi foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarida saqlangan audio va video fayllar ichidan kerakli ma’lumotlarni bir zumda topish imkonini beradi.