“Tesla” bosh direktori Ilon Mask “We, robot” tadbiri doirasida ikkita noodatiy yangi mahsulotni namoyish etdi. Bu haqda “RBC” nashri xabar berdi.

Bular ikki eshikli va ikki o‘rindiqli, haydovchisiz harakatlanadigan robot taksi va 20 kishilik, haydovchisiz harakatlanadigan robofurgon.

Ikkala mashinada ham boshqaruv yo‘qligi sababli, “Tesla” bunday transport vositalarini umumiy foydalanishdagi yo‘llarda tasdiqlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Kompaniya to‘liq avtonom haydashni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan ro‘yxatdagi birinchi shtatlar 2025-yilda Texas va Kaliforniya bo‘ladi.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi, har bir avtomobilning narxi $30 mingdan kam bo‘ladi, foydalanish xarajatlari esa har mil uchun 20 sentni tashkil qiladi.

Biroq Mask Robovanning chiqarilish sanalari va mumkin bo‘lgan narxlari haqida gapirmadi.

“Robotaksi” sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi va induktiv (kabelsiz ishlaydigan) zaryadlovchi qurilmalar bilan jihozlangan, deya xabar bermoqda “Reuters”.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask “Tesla Roadster” uchar elektromobilini chiqarishi mumkinligi haqida yozgandi.

Taxminlarga ko‘ra, elektromobil konturi bo‘ylab joylashgan raketa dvigatellari tufayli yerdan 1−1,8 metr balandlikda ucha oladi.