Murodilla Alimbayev qanday qilib $200 bilan shokolad biznesini boshladi?

Brend asoschisi Murodilla Alimbayev shokolad biznesini qanday boshlagani, O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda nimalar muhimligi va kakao loviyasi bilan duch kelinayotgan muammolar haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni


Metro, toza havo va yer osti muhandislik tarmoqlari — Yangi Toshkent qanday bo‘ladi?

Hududni poytaxt bilan bog‘lash maqsadida metro, tramvay va monorelslar qatnovini yo‘lga qo‘yish, elektr, gaz va suv tarmoqlarini yer ostidan o‘tkazish hamda Qorasuv va Chirchiq daryolarini bog‘lovchi uchta sun’iy kanal barpo etish rejalashtirilgan.

hafta yakuni


“Men hayronman kim qilyapti” — Energetika vaziri tadbirkorlarni quyosh panellarini o‘rnatishga majburlash haqida

Uning qayd etishicha, bunda vazirlikning hech qanday aloqasi yo‘q. Agar bu kabi holatlar kuzatilsa, vazir tadbirkorlarni o‘z qabulxonasiga murojaat qilishga chaqirdi.

hafta yakuni


Avtokreditlar. 2024-yil oktabr oyi bo‘yicha

Hozirda mavjud 35ta bankdan 20tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 22,5%dan 35,5%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Texnologik jihatdan eng xavfsiz” — Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonda kichik AES qurilishi haqida.
    Energetika vaziri loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilib, loyihalashtirilgandan keyin uning qiymati ma’lum bo‘lishini qayd etib, jarayon tugagach, buni ochiqlashga va’da berdi.
  2. Balenciaga g‘ijimlangan chips paketi shaklidagi hamyonlarni chiqardi.
    Qayd etilishicha, yangi hamyon brendning 2025-yil yozgi kolleksiyasidagi aksessuar hisoblanib, narxi ma’lum qilinmagan.
  3. Dollar kursi uchinchi marta rekord darajani qayd etdi.
    Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 20 so‘mga oshib, 12 794,88 so‘mni tashkil etdi.
  4. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari tarixda ilk bor $41,1 mlrddan oshdi.
    O‘z navbatida, oltin qiymati ham rekord ko‘rsatkichini yangiladi — $31,86 mlrd.
  5. Onlayn kredit ajratishda vaqtinchalik tartib joriy qilinmoqda.
    Unga ko‘ra, endilikda fuqarolar kredit tashkilotining mobil ilovasi orqali kredit ajratish bo‘yicha ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishi talab etiladi.
  6. Apple har yili yangi mahsulotlarni chiqarishdan voz kechishni rejalashtirmoqda — Bloomberg.
    Qayd etilishicha, kompaniya bir vaqtning o‘zida ko‘plab yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish texnik muammolarga olib kelishini tushunmoqda.
  7. Rossiya kompaniyalarining yarmidan ko‘pida mehnat muhojirlari tanqisligi kuzatilmoqda.
    Asosiy muammolar qatoriga malakali ishchilarning yetishmasligi, migrantlarning til bilmasligi va hukumat tomonidan cheklovlar kiradi.
  8. Toshkentda uy-joy ijara narxlari oshishda davom etmoqda.
    Sentabr oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan uylar ijarasi 2,8%ga hamda to‘liq ta’mirlanganlari 1,4%ga qimmatlashgan.
  9. Tesla robot taksi va robofurgonni namoyish qildi.
    Robot taksini ommaviy ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi, har bir avtomobilning narxi $30 mingdan kam bo‘ladi.
  10. Taras Shevchenkodagi gastronomik ko‘cha qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
    Tez orada Mirobod tumani hokimligi tomonidan gastronomik ko‘cha loyihasining ikkinchi bosqichi boshlanadi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Hamkorbank YETTB bilan hamkorlikda “Yoshlar biznesda” mavzusida seminar o‘tkazdi

YETTB Hamkorbank ko‘magida “Yoshlar biznesda” tashabbusini ilgari surdi. U moliyaviy va maslahat xizmatlari shaklida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.