Davlat soliq qo‘mitasi joriy yilning to‘qqiz oyida eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yanvar-sentabr oylarida 949 ta yirik soliq to‘lovchilar 81,2 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan.
Shundan 41,8 trln so‘mi davlat ulushi mavjud Top-10ta yirik soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘i keladi.
Shundan eng ko‘p soliq to‘lovlarini amalga oshirgan “Navoiy kon metallurgiya kombinati” bo‘ldi. Kompaniya tomonidan o‘tgan oyda 18,6 trln so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Undan keyingi o‘rinlarda 6,3 trln so‘m bilan “Olmaliq KMK” hamda 3 trln so‘m bilan “UzGasTrade” turibdi.
Shuningdek, yanvar oyida Top-10ta xususiy sektor korxonalari tomonidan 6,4 trln so‘m soliq to‘lovlari amalga oshirilgan.
Mazkur reytingda “UzBAT” 2,1 trln so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan holda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan.
“International Bevrages” korxonasi 267,7 mlrd so‘m soliq to‘lovlari bilan xususiy sektordagi eng yirik soliq to‘lovchilar ro‘yxatida oxirgi o‘rinda turibdi.