Navoiy shahrida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 106,5 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Avvalroq “Spot” Samarqandda 55ta qurilmadan iborat noqonuniy mayning ferma aniqlangani haqida yozgandi. Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymati 5,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.