Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi tomonidan Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi “Nobel” mukofoti laureatlari aniqlandi.
Mukofotga Amerika va Britaniya olimlari Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson va Jeyms Robinson loyiq deb topildi.
Iqtisodiyot bo‘yicha 2024-yilgi “Nobel” mukofoti ularga institutlarning qanday shakllanishi va farovonlikka qay tarzda ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari uchun berildi.
“Ular davlat institutlarining mamlakat ravnaqi uchun qanchalik muhimligini ko‘rsatdi. Qonun ustuvorligi rivojlanmagan, hokimiyat aholini ekspluatatsiya qiladigan jamiyatlar rivojlanmaydi va yaxshi tomonga o‘zgarmaydi. Laureatlarning tadqiqotlari buning sababini tushunishga yordam beradi”, — dedi Shvetsiya Fanlar akademiyasi.
Bu yo‘nalishda 2023-yilgi Nobel mukofoti unga ayollar mehnat bozori natijalari haqidagi tushunchani yaxshilagani uchun Falsafa fanlari doktori, Garvard universiteti professori va Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi a’zosi, AQSh Milliy fanlar akademiyasi va Amerika falsafiy jamiyati a’zosi Klaudiya Goldinga berilgandi.
2022-yilda bu yo‘nalishdagi mukofot AQSh Markaziy bankining sobiq rahbari Ben Bernanke, iqtisodchilar Duglas Daymond va Filip Dibvigga “Banklar va iqtisodiy inqirozlar sohasidagi tadqiqotlari” uchun berilgandi.
2022-yili bu yo‘nalishdagi mukofot uch amerikalikka topshirilgandi. Devid Kard “mehnat iqtisodiyotiga qo‘shgan empirik hissasi”, Joshua Angrist va Gvido Imbens “sabab-oqibat tahliliga qo‘shgan uslubiy hissasi” uchun nomzod bo‘lgandi.
2020-yilgi mukofot “Auksion nazariyasini takomillashtirish va yangi auksion formatlarini ixtiro qilgani uchun” amerikaliklar Pol Milgrom va Robert Uilsonga berilgandi.
2019-yilda esa Abhijit Banerji, Ester Duflo va Maykl Kremerga “global qashshoqlikni kamaytirishga eksperimental yondashgani uchun” ushbu mukofotga laureat bo‘lgandi.