Markaziy bankning 15-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 803,05 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 11-oktabr kuni belgilangan 12 780,14 so‘m qiymatga nisbatan qariyb 23 so‘mga qimmatladi.
15-oktabr kuni “KDB Bank Uzbekistan” va “Infinbank"da sotish kursi 12 865 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 860 so‘mdan 12 810 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 780 so‘mdan 12 740 so‘mgacha yetdi.
7-oktabr kuni dollar kursi uchinchi marta rekord darajani qayd etib, 12 794,88 so‘mni tashkil etdi. Bungacha dollar kursi 4-oktabr va 2-oktabr kunlari rekord darajani qayd etgandi.
Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi sentabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket ikkinchi oy biroz arzonlashdi. Sentyabr oyida milliy valyuta 75 so‘mdan ortiq qiymatni yo‘qotdi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.