“Google” atom elektr stansiyalarini quradigan birinchi texnologiya kompaniyasi bo‘ladi. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya ularni o‘zining energiya talab qiladigan sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlarini kam uglerodli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun quradi.

Kompaniya “Kairos Power” startapi bilan umumiy quvvati 500 megavatt bo‘lgan olti yoki yettita kichik modulli yadro reaktorlarini qurish bo‘yicha shartnoma tuzdi.

So‘nggi 20 yil ichida AQShda atigi uchta reaktor ishga tushdi va “Kairos Power” kompaniyasining Google bilan kelishuvi texnologiya kompaniyasining atom elektr stansiyasini qurishda birinchi marta yordam berganini anglatadi.

“Kairos Power” startapiga kelishuvning bir qismi sifatida u o‘zining birinchi tijorat reaktorini 2030-yilgacha, qo‘shimcha reaktorlarni esa 2035-yilgacha qurishi kerak.

“Kairos” yuqori haroratli reaktorni ishlab chiqdi, unda sovutish suvi suv emas, balki eritilgan ftorid — berilliy va litiydir.

Kompaniya allaqachon AQSh rasmiylaridan Tennessi shtatida 2027-yildaa ishga tushirilishi rejalashtirilgan 50 megavattli namoyish reaktorini qurish uchun ruxsat olgan.


Avvalroq “Spot” AQSh Adliya vazirligi “Google” tuzilmasini majburan o‘zgartirishi mumkinligi haqida yozgandi.

Shuningdek, vazirlik “Google” qidiruv tizimi orqali “Google Play”, Android va “Chrome” platformalarini reklama qilishni taqiqlovchi choralarni ko‘rib chiqmoqda.