O‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar uchta yo‘nalish — temirchi, qolipchi hamda plitka teruvchi yo‘nalishlari bo‘yicha ariza jo‘natishlari mumkin. Ish haqi 850 yevroni tashkil etadi.
Nomzodlar uchun talablar:
- 30−50 yosh;
- rus tilini muloqot darajasida bilish;
- sudlanmagan;
- qurilish sohasida tajriba;
- jismonan sog‘lom.
Yotoqxona, aviachipta, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
Agentlik xizmati, viza, o‘qitish va ko‘niktirish uchun to‘lov fuqaro hisobidan olinadi.
Quyidagi har bir soha uchun ro‘yxatdan o‘tishga alohida havolalar berilgan:
- temirchi (30 kishi);
- qolipchi(400 kishi);
- plitka teruvchi (50 kishi).
Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqamlaridan olish imkoniyati mavjud.