Uchinchi chorakda O‘zbekistondan avtomobil transportida yuk tashish uchun berilgan arizalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71%ga oshdi. Bu haqda xalqaro “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” “Spot"ga xabar berdi.
Asosiy o‘sish Xitoyga to‘lovlar bilan bog‘liq muammolar fonida Rossiya yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 64%). Belarus va Qozog‘istonga avtomobilda eksportga bo‘lgan talab deyarli ikki baravar oshdi.
“Xalqaro tashuvlarda biz Rossiya yo‘nalishi bo‘yicha talabning ishonchli ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz, lekin Qozog‘istondan Rossiyaga yuk tashuvlari kabi ekstremal emas. Va agar Qozog‘istonda bu ko‘proq Xitoy tovarlarining reeksporti bilan bog‘liq bo‘lsa, O‘zbekistonda aynan o‘zbek mahsulotlarini yetkazib berishning real o‘sishi kuzatilmoqda. Hech bo‘lmaganda, Xitoydan O‘zbekiston orqali reeksport qilish unchalik qulay emas, mamlakat banklari esa bunday operatsiyalarni unchalik ham xohlashmaydi”, — dedi birjaning mahalliy vakolatxonasi direktori Farid Vohidov.
Shu bilan birga, uning qayd etishicha, rossiyalik importchilarning Xitoyda yetkazib berish to‘lovlari bilan bog‘liq muammolari ularni boshqa bozorlarga, jumladan, O‘zbekistonda yetkazib beruvchilarni topishga majbur qilmoqda
Ikkinchi chorakda boshlangan import yuk tashish talabining qisqarishi davom etmadi. Iyul-sentabr oylarida boshqa davlatlardan O‘zbekistonga yuk tashuvlari bo‘yicha arizalar soni uchdan birga oshdi.
Biroq, Rossiyadan yuklarni yetkazib berish bo‘yicha so‘rovlar 8%ga kamaydi. Qozog‘iston va Belarusdan yuk tashish avvalgi darajada saqlanib qoldi, Xitoydan yuklarni yetkazib berishga talab esa deyarli ikki baravarga oshdi.
Avvalroq Hindistondan O‘zbekistonga yangi multimodal yo‘nalishda konteyner tashuvlari yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.