“Apple” kompaniyasi yangi “iPad mini” planshetini taqdim etdi.

iPad mini 60 Gts yangilanish tezligiga ega 8,3 dyuymli Liquid Retina displeyiga ega. Tashqi ko‘rinishi 2021-yildan beri umuman o‘zgarmadi.

Planshet A17 Pro chipi bilan jihozlangan (avvalgi avlodda A15 Bionic bor edi).

12 megapikselli orqa kamera Smart HDR 4 texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, yangi iPad mini modeli 23-oktabr kuni AQShda sotuvga chiqariladi.

128 Gb xotiraga ega planshetning narxi kamida $499ni tashkil qiladi. Gadjet Space Grey, Blue, pushti, Shining Star ranglarida taqdim etiladi.

“A17 Pro mutlaqo yangi imkoniyatlarni, jumladan dizaynerlar, uchuvchilar, shifokorlar va boshqalar tomonidan qo‘llaniladigan professional ilovalarni taklif etadi”, deyiladi kompaniyala xabarida.

Xabarda sun’iy intellekt funksiyalarining qurilma va operatsion tizimga integratsiyalashuviga alohida e’tibor qaratilgan.

Planshet “Apple Intelligence"ni qo‘llab-quvvatlaydi — matnlarni yozish va tahrirlashda yordam beradigan yozish asboblari yoki voqeani tasvirlash orqali fotosuratlardan video yaratish qobiliyati bor.

“Apple Pencil Pro” stilusini qo‘llab-quvvatlash qo‘shildi. Stilus 2024-yil bahorida M4-da iPad Pro bilan birga taqdim etilgan. Qalam tebranish dvigateli bilan jihozlangan.


Avvalroq “Apple” kamerali “AirPods"larni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, quloqchinlar infraqizil kameraga ega bo‘lib, “Vision Pro” va boshqa eshitish vositalari bilan integratsiya qilinadi.