“Samsung” kompaniyasi kelajakdagi smartfonlaridan tizim sozlamalarini olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda Koreyaning “ET News” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning rejalari bilan tanish bo‘lgan manbalarga ko‘ra, “Samsung” bo‘lajak smartfonlar proshivkasidan sozlamalar bo‘limini olib tashlamoqchi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, kompaniya ular menyuni so‘rov orqali qurilma ishiga o‘zgartirishlar kiritadigan sun’iy intellektga ega sozlamalar bilan almashtira olishiga ishonmoqda.
Insayderlarning ta’kidlashicha, sun’iy intellektga asoslangan yangi yechim foydalanuvchining xatti-harakatiga qarab qurilma sozlamalarini mustaqil ravishda o‘zgartiradi. Smartfon o‘z egasining xatti-harakatlarini ham oldindan aytib beradi.
Kompaniya sozlamalarini o‘zgartirish uchun foydalanuvchi ovozli buyruq aytishi yoki matnli so‘rovni kiritishi kerakligini aytdi. Bu telefon bilan aloqani ancha tezlashtirishi mumkin.
Ayrim OAVlar yangi “Samsung” smartfonlarida “Bixby” ovozli yordamchisiga kirish orqali sozlamalarni allaqachon o‘zgartirishingiz mumkinligini payqashdi. Biroq, bu funksiya ishlashi uchun qurilma egasi o‘z qurilmasida “Bixby"ni faollashtirishi kerak.
Avvalroq “Spot” “Samsung” smartfonlariga avtomatik ruscha tarjimani qo‘shgani haqida yozgandi.
Endilikda real vaqt rejimida telefon qo‘ng‘iroqlari rus tilida ikki tomonlama ovozli va matnli tarjima bilan taqdim qilinadi.