2024-yil 10-oktabrda “Sony” kompaniyasining Rossiyadagi yuridik shaxslaridan biri tugatish to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda “TACC” nashri xabar berdi.
Kompaniya 2023-yilda ushbu yuridik shaxsni ikki marta tugatishga uringan, biroq ikki marta ham rad etilgan. Endi “Sony” advokatlari bu jarayonni yakunlash uchun urinishlarini davom ettirmoqdalar, ammo byurokratik qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.
Yana bir muhim tafsilot — moliyaviy natijalar. “Sony” kompaniyasining Rossiyadagi asosiy bo‘linmasi “Sony Electronics” 2023-yilda katta zarar ko‘rdi — 530,3 mln rubl. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, bozorni tark etish nafaqat majburiy chora, balki biznesning sezilarli qisqarishi natijasidir.
Kompaniyaning Rossiyani tark etish qarori to‘satdan emas edi. 2022-yilning mart oyida geosiyosiy voqealar va iqtisodiy sanksiyalar tufayli “Sony” o‘z mahsulotlarini mamlakatga yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Biroq, ba’zi uskunalar parallel import orqali etkazib berishda davom etdi, bu esa minimal mavjudlik darajasini saqlab qolish imkonini berdi.
“Spot” 2022-yilning mart va sentabr oylarida Rossiyani tark etgan va mamlakatdan chiqishni rejalashtirayotgan xorij kompaniyalari haqida yozgandi.