Oktabr oyi oxirida “Sotheby's” auksion uyida “Raqamli san’at” onlayn-auksioni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Unda boshqa narsalar qatori sun’iy intellektga ega odamsimon robot tomonidan yaratilgan “God AI” kartinasi ham namoyish etiladi.

Yirik auksion uyi tarixda birinchi marta bunday g‘ayrioddiy rassomning lotini sotuvga qo‘yadi.

Qayd etilishicha, odamsimon robot tomonidan chizilgan rasm 100−150 ming funt sterlingga sotilishi kutilmoqda.

“God AI” — zamonaviy kompyuter fanining asoschilaridan biri hisoblangan mashhur britaniyalik matematik va kriptograf Alan Tyuringning portreti. Portret sun’iy intellekt algoritmlari yordamida Ai-Da roboti tomonidan chizilgan.

Robot 2019-yilda Oksford universitetida yaratilgan va kompyuter tavsifini yaratgan hamda 1842-yilda ushbu mashina uchun dunyodagi birinchi dasturni tuzgan ingliz matematiki Ada Lovleys sharafiga nomlangan.

Joriy yilning may oyida “God AI” BMT binosida beshta rasmdan iborat poliptixning bir qismi sifatida namoyish etildi.

Alan Tyuring portretidan tashqari, Ai-Da Glastonberi festivali ishtirokchilari: Billi Aylish, Diana Ross, Kendrik Lamar va Pol Makkartnining portretlarini ham yaratdi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” zavodida odamsimon robotlarni ishga yollashi haqida yozgandi.

Kompaniya robotlarni jismoniy jihatdan murakkab qo‘l mehnatining ayrim turlarini avtomatlashtirish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.