Toshkent shahar hokimligi xotin-qizlar uchun bepul SMM kursiga arizalar qabul qilmoqda.

Kurs “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda hamda qizlarni yangi kasblarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan.

Unda Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin. Loyiha doirasida 1 ming nafar qizni tanlab olib, o‘qitish rejalashtirilgan.

Qabul qilinganlar yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida quyidagilarni o‘rganishlari mumkin bo‘ladi:

  • ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
  • targeting va maqsadli auditoriya tahlili;
  • grafik kontent yaratish;
  • kopirayting;
  • mobilografiya ;
  • B2B sotuvlar;
  • shaxsiy brend;
  • portfolio yaratish va boshqalar.

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar joriy yilning 25-oktabrigacha @smaktabbot Telegram-boti orqali to‘yxatdan o‘tishlari kerak.

Batafsil ma’lumotlarni +998 55 520 60 60 telefon raqami yoki Telegram-kanal orqali olish imkoniyati mavjud.


Avvalroq tadbirkor ayollar akademiyasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda 25−40 yoshdagi Farg‘ona vodiysida yashovchi kichik biznesga ega xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.