O‘zbekistonliklar Turkiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar uchta yo‘nalish — temirchi, qolipchi hamda plitka teruvchi yo‘nalishlari bo‘yicha ariza jo‘natishlari mumkin. Ish haqi $950ni tashkil etadi.
Nomzodlar uchun talablar:
- 30−45 yosh;
- rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
- sudlanmagan;
- qurilish sohasida tajriba (3−10 yil);
- jismonan sog‘lom.
Aviachipta va viza to‘lovi (3 oy davomida oylik maoshidan ushlab qolinadi), tibbiy sug‘urta, 3 mahal ovqat hamda yotoqxona ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.
Agentlik xizmati tibbiy ko‘rikdan o‘tish, o‘qitish va ko‘niktirish uchun to‘lov fuqaro hisobidan olinadi.
Quyidagi har bir soha uchun ro‘yxatdan o‘tishga alohida havolalar berilgan:
- temirchi (150 kishiga yetsa ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi);
- qolipchi (200 kishiga yetsa ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi);
- g‘isht teruvchi (100 kishiga yetsa ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi).
Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqamlaridan olish imkoniyati mavjud.