Yuqori Chirchiq tumanida “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi.Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Unda fuqaro K.A. “Navro‘z” MFY hududidagi xonadonida qonunga xilof ravishda telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani aniqlandi.
Buning natijasida jami 139,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 278−9-moddasi (mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Navoiy shahrida noqonuniy mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda nazorat tadbiri o‘tkazilgan.
Unda “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning qurilmalarini tarmoqqa ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarliklar natijasida davlat manfaatlariga 106,5 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan A.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Avvalroq “Spot” Samarqandda 55ta qurilmadan iborat noqonuniy mayning ferma aniqlangani haqida yozgandi. Noqonuniy foydalanilgan elektr energiyasi qiymati 5,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.