O‘zbekistonda eskrou-hisobi joriy etilmoqda. Ekspertlar qanday fikrda?
Spot suhbatlashgan ekspertlarning qayd etishicha, mazkur tizim qurilish sohasini yaxshilashga, barqaror ko‘chmas mulk bozorini yaratishga hamda xorijiy investorlarni jalb qilishga yordam beradi. Shunga qaramay, ba’zi nyuanslar bor.
Biznes tarixi: Chupa Chups — kosmosga uchgan birinchi shirinlik
Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uni rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.
“Bir darvozali o‘yin” — Vyacheslav Pak O‘zbekistondagi xorijiy marketpleyslar haqida
ILMA marketpleyslarni taqdim etilayotgan tovar va xizmatlar uchun javobgarlik zanjiriga kiritishni taklif qilmoqda.
Umra ziyoratini tashkil etish talablari kuchaytirildi. Turoperatorlar qanday fikrda?
Spot litsenziya olishdagi yangi tabalar yuzasidan bir qator turoperatorlar bilan suhbatlashib, bu qanday qiyinchililarga olib kelishi, narxlarga ta’siri va kelgusida kutilayotgan natijalar haqida fikrlarini o‘rgandi.
- O‘zbekistonda majburiy avtosug‘urta tariflarini ikki baravarga — 80 mln so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda.
ILMA bu aksariyat hollarda budjet segmentidagi avtomobillar uchun yetkazilgan zararni qoplashga yetarli bo‘lishini qayd etdi. - UzAuto Motors Cobaltning yangi Midnight komplektatsiyasini ishlab chiqaradi.
Avtomobil qoramtir tusdagi faralar hamda avtomatik uzatmalar qutisiga ega bo‘ladi. Hozircha uning narxiga aniqlik kiritilmagan. - “Afrosiyob” elektropoyezdi biron yil daromad bilan ishlamagan — O‘zbekiston temir yo‘llari.
Zufar Narzullayevning qayd etishicha, yuqori tezlikda harakatlanuvchi mazkur elektropoyezd 2023-yil 238 mlrd so‘m zarar ko‘rgan. Shuningdek, u tezyurar poyezdlar uchun o‘zgaruvchan narxlar joriy etilishini ma’lum qildi. - O‘zbekistonda kichik AES qurilishi mumkin bo‘lgan 14ta maydon o‘rganiladi — O‘zatom rahbari.
Azim Axmedxo‘jayev kichik modulli reaktorlar energiya tizimida avariya holatida manyovrli quvvatlarni ta’minlashini qayd etdi. - Ozon O‘zbekiston bo‘ylab tarqatish punktlarini ochishga arizalar qabul qilmoqda.
Toshkentda marketpleysning birinchi saralash markazi ish boshladi. Kompaniya mamlakatning yana uchta nuqtasida ham bu kabi logistika markazlarini ochishni rejalashtirmoqda. - Prezident pulli yo‘l qurilishini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qonunchilikda pulli yo‘l bilan birga unga muqobil bepul yo‘lning bo‘lishini alohida belgilash rejalashtirilmoqda. - Toshkent shahar hokimligi pulli parkovkalar uchun to‘lovlar miqdorini tasdiqladi.
Yig‘im miqdori tarif zonasidan kelib chiqib, bir soat uchun 5 ming so‘mdan 12 ming so‘mgachani tashkil etadi. Parkovkalarning 5%i imkoniyati cheklangan avtomobil egalari uchun bepul ajratiladi. - Birinchi yarim yillikda uy-joylar fundamental narxga nisbatan 28%ga yuqori bo‘ldi — Markaziy bank.
Narxlarning qimmatlashishi ipoteka kreditlari miqdorining oshishiga olib keldi. Uy-joy narxlari hamda ipoteka kreditlari bo‘yicha oylik to‘lovlar hajmi ish haqiga nisbatan yuqori bo‘lib, bu aholining xarid imkoniyatlarini cheklashi mumkin. - O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Nimalar belgilanmoqda?
2030-yilgacha sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulot va xizmatlar hajmini $1,5 mlrdga yetkazish rejalashtirilmoqda. - O‘zbekistondagi kichik AESni moliyalashtirish uchun xorijiy banklar jalb qilinadi — Otabek Amanov.
AES qurilishi direksiyasi direktori yadro yoqilg‘isini ishlab chiqarish uchun mahalliy uran ishlatilishini, ishlatilgan yoqilg‘i esa Rossiyaga olib chiqilishini qayd etdi.