Markaziy bankning 21-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 815,13 so‘m so‘mni tashkil qilmoqda.
Amerika valyutasi 11-oktabr kuni belgilangan 12 803,06 so‘m qiymatga nisbatan 12 so‘m 7 tiyinga qimmatladi.
21-oktabr kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Infinbank”, “Garantbank”, da sotish kursi 12 875 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 870 so‘mdan 12 820 so‘mgacha belgilandi.
Banklarda sotib olish narxi esa 12 780 so‘mdan 12 755 so‘mgacha yetdi.
18-oktabr kuni dollar kursi joriy oyda beshinchi marta rekordni yangilab, 12 815,13 so‘mni tashkil qildi.
Bungacha dollar kursi 17-oktabr, 14-oktabr, 7-oktabr, 4-oktabr va 2-oktabr kunlari rekord darajani qayd etgandi.
Ekspertlarning fikricha, birinchi yarim yillikda so‘m real kursining mustahkamlanishi vaqtinchalik xarakterga ega bo‘ldi.
Yil oxirigacha tahlilchilar tashqi savdo taqchilligining o‘sishi va pul o‘tkazmalarining qisqarishi tufayli milliy valyutaning zaiflashuvi tezlashishini kutmoqda.
Bundan tashqari, birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq.
O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.