“Humans” abonentlari endi hisobni to‘ldirishning yana bir oddiy va qulay usulidan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu doimo aloqada qolishga yordam beradi.

  1. 1. “Alif” ilovasiga kirib, “to‘lov” bo‘limiga o‘tish kerak;
  2. 2. “Mobil aloqa” toifasi tanlanadi;
  3. 3. Hisobni to‘ldirish uchun “Humans” belgisi bosiladi.

reklamaAleksey Nagovitsyn,
Payments & Transfers Humans mahsuloti bo‘yicha direktori.

“Biz doimo mijozlar tajribasini yaxshilash usullarini izlaymiz va „Alif“ bilan hamkorlik — buning ajoyib misoli. Endi „Humans“ hisobini to‘ldirish yanada oson bo‘ladi, bu bizning abonentlarga ortiqcha urinishlarsiz har doim aloqada qolishga imkon beradi. Biz raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini rivojlantirish va mijozlar uchuneng yaxshi tajribani yaratishga intilishimizni qo‘llab-quvvatlaydigan hamkorlar bilan ishlashdan mamnunmiz”.

reklama

reklamaAbdurahmon Abdurashidov,
“Alif Uzbekistan” boshqaruvchi direktori.

“Biz uchun har bir Alif foydalanuvchisi ilovada kerakli xizmatlar uchun tez va bir nechta tugmani bosish orqali to‘lov qila olishi muhim. Umid qilamizki, mobil aloqa uchun to‘lov jarayoni Humans abonentlari uchun yanada sodda va qulayroq bo‘ladi”.


“Humans” ilovasini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

“Alif” ilovasini ushbu havola orqal i yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.