“Instagram” “Ijtimoiy kutubxona” funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Ijtimoiy kutubxona” postlar, Reelslar va “boshqa media turlarini” o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
Qidiruv funksiyasi foydalanuvchilarga kutubxonadagi aniq tarkibni osonroq topish imkonini beradi.
Biroq “Meta” bu xususiyatni qachon ommaga chiqarishni rejalashtirayotgani noma’lum va kompaniya hozircha muddatni taqdim etmagan.
“Ijtimoiy kutubxona"dan tashqari, insayderlar ham “Instagram"da foydalanuvchilarga izohlarini “Twitter"ga o‘xshash yana bir ijtimoiy tarmoq “Threads"da post sifatida baham ko‘rish imkonini beruvchi funksiyani joriy etishi mumkinligini aniqladi.
Avvalroq “Spot” “Instagram"da fotosuratlarga stiker va matn qo‘shish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandi.
Bundan tashqari, bitta fotosuratni ikkinchisining ustiga qo‘yish va qo‘yilgan tasvirning shaklini o‘zgartirish mumkin.