“Uzbeksitan Airways” Toshkent-Xanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, parvozlar 17-noyabrdan boshlab har hafta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali (har bir shahar uchun mahalliy vaqt):
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat — 12:40; Xanchjouga yetib borish soat — 22:00;
- Xanchjoudan jo‘nab ketish soat — 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat — 04:10.
Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln 46 ming so‘mdan, Toshkent-Xanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 mln 3 ming so‘mdan boshlanadi.
Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Iyun oyida bo‘lib o‘tgan C5+1 fuqaro aviatsiyasi konferensiyasida O‘zbekiston va Xitoy mamlakatlar o‘rtasidagi umumiy parvozlar sonini haftasiga 100 taga yetkazishga kelishib oldi. Uchishga ruxsat berilgan kompaniyalar soni ikki baravar ko‘paydi.
Hukumat tomonidan tayinlangan xitoylik aviatashuvchilar Xitoyning istalgan shahridan O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarga rejali reyslarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston kompaniyalari uchun ochiq bo‘lgan Xitoy havo bandargohlari soni 12taga ko‘payadi.
Avvalroq “Spot” “Centrum Air” Toshkent va Guanjou o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.
Parvozlar 3-noyabrdan boshlanadi. Haftaning yakshanba kunlari borish, dushanba kunlari esa qaytish reyslari amalga oshiriladi.