“Uzum Tezkor” kompaniyasining tijorat direktori Andrey Kovakin O‘zbekistonda elektron tijorat bozorining rivojlanishi borasida firklarini bildirdi. U 16-oktabr kuni “Retail Week Central Asia” forumida taqdimot qildi, deya xabar beradi “Spot” muxbiri.
“KPMG ma’lumotlariga ko‘ra, 2027-yilga borib „e-commerce“ tarkibida „e-grocery“ ulushi 8,3 baravarga o‘sishi mumkin,” — dedi top-menejer.
“Uzum Tezkor” tadqiqoti O‘zbekistondagi 85% iste’molchi oziq-ovqat mahsulotlarini onlayn yetkazib berishga buyurtma bermasligini ko‘rsatdi. Haftada bir necha marta buyurtma beruvchilarning ulushi umumiy miqdorning 2,5%idan ham oshmaydi, dedi u.
Kovakin elektron oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirish uchun bir nechta to‘siqlarni aniqladi:
- narx;
- assortimentning kengligi;
- savdolashish imkoniyatining mavjud emasligi.
“Uzum tezkor” tijorat direktorining so‘zlariga ko‘ra, “e-grocery"dagi eng ommabop pozitsiyalar qatorida “palov uchun zarur bo‘lgan barcha narsalar — guruch va yog‘” turadi. Top-kichik toifalar orasida yog‘, souslar va ziravorlar; suv, sharbat va ichimliklar; pishiriq va shirinliklar; makaron va yormalar; choy, qahva va kakao mavjud.
Kovakinning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya assortimenti katta, ammo “mevalar, sabzavotlar, tarqatish punktlariga tashish qiyin bo‘lgan narsalarni” o‘z ichiga olmaydi.
Bundan tashqari, u moliyaviy texnologiyalar bilan yaqindan hamkorlik qilish zarurligini ta’kidlab, “fintex bilan katta sinergiya"ni” qayd etdi. Avgust oyi boshida “Uzum Bank” Visa virtual kartasiga oldindan buyurtmani ishga tushirdi.
Avvalroq, ILMA marketpleyslarni taqdim etilgan tovarlar va xizmatlar uchun javobgarlik zanjiriga kiritishni taklif qilayotgani haqida xabar berilgandi.