Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga qarshi yangi, 15-sanksiyalar paketini muhokama qilishni 2025-yilning yanvarida boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Politico” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, muhokamalar Vengriyaning YI kengashiga raislik qilish vakolati tugagach boshlanishi kutilmoqda.
Vengriya 2024-yil 1-iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qildi. 2025-yil 1-yanvardan mandat Polshaga o‘tadi.
Nashrga ko‘ra, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘z mamlakati prezidentligidan sanksiyalar haqidagi gap-so‘zlarni “bekor qilish” uchun foydalangan. Endi Yevropa Ittifoqi davlatlari Polsha “qiziqarli masalalarni jonlantirishga” umid qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, Polsha Yevropa Ittifoqi Kengashidagi raisligidan Kreml uchun eng muhim daromad manbai bo‘lib qolayotgan Rossiya energetika resurslariga qarshi choralarni kuchaytirish uchun foydalanmoqchi ekanligini allaqachon ma’lum qilgan.
Sanksiyalarning yangi paketi Yevropa Ittifoqi davlatlarining Rossiyadan suyultirilgan gazni (LNG) sotib olish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin, ularning xaridlari yana o‘sishni boshladi.
“Politico nashriga ko‘ra, Fransiya, Chexiya, Shvetsiya va Finlyandiya kabi Yevropaning o‘nta davlati qo‘shma bayonot berib, “so‘nggi paytlarda Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga LNG importi ko‘paygani”, gaz yetkazib beruvchilar “to‘g‘ri aniqlanmagani"ni bildirgan.
2024-yil iyun oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketini tasdiqladi. Cheklovlar, xususan, Rossiya suyultirilgan gaziga ta’sir qildi.
Yevropa Ittifoqi uning Yevropa portlari orqali tranzitini taqiqladi. Shu bilan birga, Yevropa davlatlari Rossiyadan suyultirilgan gazning sotib olishni davom ettiradi, biroq uni reeksport qilish taqiqlanadi.