iPhone 15 Pro egalari gadjetlarini 16 Pro’ga almashtirishlari kerakmi yoki yo‘q? Agar siz ham shu masalada ikkilanayotgan bo‘lsangiz “Spot” sizga ikki modelni taqqoslab batafsil ma’lumotni taqdim etadi.

Quyidagi jihatlar ularni taqqoslashda yordam beradi:


Dizayn va o‘lchamlar

iPhone 15 Pro va 16 Pro dizaynida katta farqlar yo‘q. Faqat iPhone 16 Pro’da yangi tillarang titan rangi mavjud. Kameraning boshqaruv qismi esa iPhone 16 Pro’da o‘zgargan.

iPhone 16 Pro biroz kattalashgan — bo‘yi: 5,89 dyuym, eni: 2,81 dyuym, lekin farq deyarli sezilmaydi, iPhone 15 Pro esa bo‘yiga 5,77, eniga 2,78 dyuymga teng. Yana iPhone 16 Pro og‘irroq (199 g) bo‘lsa, 15 Pro bir oz yengilroq (187 g).

Ekran

iPhone 16 Pro ekran hajmi 6,3 dyuymga yetgan, iPhone 15 Pro‘da esa 6,1 dyuym.

Yorug‘lik: Ikki model ham 1000 nits yorug‘likka ega, lekin iPhone 16 Pro’da minimal yorug‘lik 1 nitsgacha kamaygan, bu yengil qorong‘u sharoitda foydalanish uchun qulayroq bo‘lishi mumkin.

Kamera

Ikki modelda ham 48 MP asosiy kamera mavjud, ammo iPhone 16 Pro’da 4K 120 kadr tezlikda video olish imkoniyati qo‘shilgan. Bu, ayniqsa, videolarda yuqori sifatli kadrlar olishni istaganlarga foydali bo‘ladi.

iPhone 16 Pro’da 12 MP kameraning zoom imkoniyati 3xdan 5xga oshgan. Bu o‘zgarish zoomni yaxshilash bilan birga, uzoq masofalardan ham yuqori sifatli tasvir olish imkonini beradi. 5X zoom bilan, masalan, obyektlarni aniqroq va sifatliroq suratga olish mumkin.

Ayniqsa, 0,5X keng burchakli (ultra wide) surat olishda eski modellarda tasvir sifatida ba’zi o‘zgarishlar yoki pasayishlar bo‘lishi mumkin edi. Ammo iPhone 16 Pro’da bu holatlar minimallashtirilgan, chunki 48 MP asosiy kamera keng burchakli tasvirlarni yaxshilab qayd etishga imkon beradi.

iPhone 16 Pro yangi 3D video va ovoz yozish funksiyalariga ega. Bu videolarda atrofdagi tovushlardan inson nutqini ajratish va mavjud ovoz yozuvlari ustiga ham qo‘shimcha audio qo‘yish imkonini beradi.

apple, iphone 15 pro, iphone 16 pro

Kamera boshqaruvi

iPhone 16 Pro‘da yangi kamera boshqaruv tugmasi mavjud, bu nafaqat dizaynni yaxshilaydi, balki tezkor va yuqori sifatli suratlar olishga yordam beradi.

Operatsion tizim

iPhone 16 Pro iOS 18 bilan keladi, iPhone 15 Pro esa iOS 17 bilan ishlaydi, lekin 15 Pro iOS 18'ga yangilanishi mumkin.

Batareya hajmi

iPhone 16 Pro‘da batareya hajmi 5,5% kattalashgan. iPhone 15 Pro batareyasi 3274 mAh bo‘lsa, iPhone 16 Pro‘da bu 3582 mAh.

Bu yangi modelda 27 soatgacha video tomosha qilish imkonini beradi, iPhone 15 Pro‘da esa bu ko‘rsatkich 23 soatni tashkil etadi.