Qashqadaryoda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Departamentning Qarshi va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazildi.

Tekshiruvda ushbu hududlardagi “L.K.” NMTTda hamda “U.B.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.

Buning natijasida jami 177,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Aavvalroq “Spot” ikkita hududda 1 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, Toshkent va Andijon viloyatlarida fuqarolar elektr tarmoqlariga yashirin va to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.