Xitoylik investorlar Farg‘ona viloyatida $30 mlnlik qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaradigan zavod qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xitoylik investorlar bilan uchrashuvida viloyatda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkazildi.
Uchrashuvda mazkur loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari, birinchi bosqichda 200 kishi, to‘liq ishga tushirilgach, 2 000 kishi ishlashi to‘g‘risida xitoylik investorlar axborot berishdi.
Loyihani sanoat zonalariga joylashtirish hamda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish, loyihani amalga oshirish kabi masalalar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish belgilandi.
Avvalroq “Spot” Turkiya Farg‘onada qiymati 57 mln yevrolik quyosh elektr stansiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, 80 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi 2025-yilning uchinchi choragida foydalanishga topshiriladi.