“Honda” Shimoliy Amerikadagi 781 mingta avtomobilni chaqirib oladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qaytarib olish e’lon qilinishiga yuqori bosimli yonilg‘i nasosining buzilishi va yonilg‘i oqishi mumkinligi sabab bo‘ldi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisi AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yoqilg‘ining yonish manbasi mavjud bo‘lganda sizib chiqishi yong‘in xavfini oshirishi mumkinligini aytdi.
Qaytarib olish 2023-yildan 2025-yilgacha ishlab chiqarilgan “Accord”, “CR-V Hybrid” va “Civic” kabi modellarni qamrab oladi. Chaqirib olish doirasida AQShda jami 720 ming, Kanadada esa 61 ming avtomobil chaqirib olinadi.
“Honda” vakillarining ta’kidlashicha, nasos yadrosi noto‘g‘ri bo‘lganligi sababli qurilma ichida yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin, ular haydash paytida ko‘payadi.
Dilerlar yuqori bosimli yonilg‘i pompasini tekshirib, kerak bo‘lsa, uni yangilangan qismga almashtiradilar, deyiladi nashrda.
2023-yil noyabrida “Honda” AQShdan 300 mingta avtomobilni qaytarib olishi haqida xabar berilgandi.
Bunga yetkazib berilgan avtomobillardagi old xavfsizlik kamarini mahkamlash moslamalarida yetishmayotgan qism sabab bo‘lgan.
Joriy yil fevral oyida esa “Honda” xavfsizlik yostig‘i sensoridagi nosozliklar sabab AQShda 750 mingta avtomobilni qaytarib olishini ma’lum qildi.
Keyinchalik oktabr oyida “Honda” o‘zining 1,7 mlnga yaqin avtomobillarini qaytarib olishi haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, qaytarub olish “Honda” va uning sub-brend “Acura"ning 2022−2025 yillardagi avtomobillarga ta’sir qiladi.
Muammo noto‘g‘ri ishlab chiqarilgan va o‘rnatilgan rul vintlari bilan bog‘liq. Bu moylash materialining suyultirilishiga va boshqaruvning kuchayishiga olib keladi.
“Honda” va “Acura” dilerlari ortiqcha yukni kamaytiradigan va mavjud yog‘ni qayta taqsimlaydigan yoki boshqaruv qutisini yangi moylash materiallari bilan to‘ldiradigan yangi qurt tishli kamonni o‘rnatishi kerak.
Avvalroq “Spot” “Honda” Kanadada $11 mlrdlik elektromobil markazini qurishi haqida yozgandi.
Yangi markaz akkumulyatorlarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodlarini, to‘liq elektr, vodorod avtomobillari va yoqilg‘i elementlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash uchun boshqa obyektlarni o‘z ichiga oladi.