“Meta” akkauntlarni tiklash va firibgarlarga qarshi kurashish uchun yuzni tanish tizimini “Facebook” va “Instagram"ga qaytaradi. Bu haqda “Engadget” nashri xabar berdi.

2021-yil noyabr oyida “Facebook” foydalanuvchilarning tanqidi tufayli yuzni tanish tizimidan voz kechgandi. U suratga joylashtirishdan oldin unga odamlarni belgilashni taklif qiladi, shuningdek, ular aks etgan suratlar haqida bildirishnomalar yuboradi.

Foydalanuvchilar tizim ijtimoiy tarmoqqa o‘zlarining biometrik ma’lumotlarini to‘plash va saqlash imkonini beradi, deb hisoblashgan.

Qayd etilishicha, endi kompaniya tizimni yana qaytarmoqda — lekin u turli funksiyalarga ega bo‘ladi, deb yozadi nashr.

U “Facebook” va “Instagram"dagi akkauntlarni tiklash uchun ishlatiladi. Bunda foydalanuvchi qisqa video selfi yuboradi va tizim uni profil fotosuratlari bilan moslashtiradi. Agar yuz tasvirlari mos kelsa, foydalanuvchi hisobga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, funksiya akkaunt buzib kirilganiga shubha tug‘ilsa, profil ma’lumotlarini o‘g‘irlagan firibgarlarning unga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham qo‘llaniladi. Funksiya hozircha faqat sinovdan o‘tkazilmoqda.

Funksiyadan ikkinchi foydalanish holati esa firibgarlarga qarshi kurash hisoblanadi.

Tizim reklamani tekshiradi va agar unda “o‘lja” sifatida mashhur odamning surati borligiga shubha qilsa, uni haqiqiy fotosuratlari bilan taqqoslaydi. Agar moslik tasdiqlansa, reklama firibgarlik sifatida bloklanadi.

Bu xususiyat mashhurlar va jamoat arboblarining kichik ro‘yxati uchun ham sinovdan o‘tkazilmoqda, ammo “yaqin haftalarda” ko‘proq mashhur odamlar qo‘shiladi. Agar xohlasalar, ular bunday “himoya” dan ham voz kechishlari mumkin.


Avvalroq “Spot” “Meta” “WhatsApp”, Instagram va boshqa kompaniyalaridagi xodimlarini ishdan bo‘shatayotgani haqida yozgandi.

Ishdan bo‘shatishlar kompaniya o‘z resurslarini uzoq muddatli strategik maqsadlar va geografik rejalariga muvofiq qayta taqsimlayotgani bilan bog‘liq.