“Midjourney” foydalanuvchilarga sun’iy intellekt yordamida onlayn tasvirlarni tahrirlash imkonini beruvchi yangilangan veb-vosita tayyorlamoqda.

Bosh direktor Devid Xolts o‘tgan hafta rasmiy “Discord Midjourney” serveriga “tasvir muharriri” funksiyasini joriy etish rejasini e’lon qildi.

midjourney, tahrirlash

Yangi vosita foydalanuvchilarga istalgan tasvirni internetdan yuklab olish va uni “chuqurlikni boshqarish tarmoqlari” kabi ilg‘or generativ AI texnologiyalari yordamida o‘zgartirish imkonini beradi.

Xoltsning so‘zlariga ko‘ra, muharrir obyektlar shaklini saqlab qoladi, biroq foydalanuvchining matnli ko‘rsatmalariga muvofiq tekstura, ranglar va detallarni qayta chizadi.

Biroq, bunday kuchli xususiyatlarni amalga oshirish noto‘g‘ri foydalanish, jumladan, dipfeyk va mualliflik huquqining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

AQShda garchi ba’zi shtatlar allaqachon bu haqda qonun qabul qilgan bo‘lsa-da, federal darajada chuqur soxta ma’lumotlardan foydalanishni cheklovchi qonunlar hali mavjud emas.

Potensial suiiste’mollikni minimallashtirish uchun “Midjourney” dastlab kompaniya monitoring tizimlarida ishlayotgan vaqtda ma’lum bir foydalanuvchilar guruhiga muharrirga kirishni cheklaydi.

Shu bilan birga, Xolts kompaniya kirishning aniq mezonlari haqida hali qaror qilmagani va bu masala bo‘yicha foydalanuvchilarning fikrlarini to‘playotganini ta’kidladi.


Avvalroq “Spot” “Midjourney” barcha foydalanuvchilarga veb-interfeysga kirishni ochgani haqida yozgandi.

Yangi foydalanuvchilarda 25ta tasvirni bepul yaratish imkoni bo‘lib, sinov muddati tugagach, obuna uchun to‘lash kerak bo‘ladi. Narxi $8−10dan boshlanadi.